Madridning "Real" klubi transferlar borasida muhim qaror qabul qildi. "Qirollik klubi" joriy yozgi transfer oynasida boshqa futbolchilarni xarid qilishni rejalashtirmayapti. Shu tariqa, madridliklarning yozgi transfer kampaniyasi yakunlangan.
Qayd etilishicha, yangi transferlar faqat favqulodda holatda amalga oshirilishi mumkin. Xususan, jamoa futbolchilaridan biri kutilmaganda ketishga qaror qilsa yoki jiddiy jarohat olsa, klub yana transfer bozoriga qaytishi mumkin.
"Real" joriy yozda Yan Diomande, Mark Kukurelya, Karlos Espi, Denzel Dyumfris, Ibraima Konate va Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi.