"Atletiko" "Real" darvozaboni Andrey Luninni sotib olish masalasini o‘rgandi. Bu haqda Defenca Central xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "matraschilar" ukrainalik posbon uchun 15 mln yevro yoki biroz ko‘proq to‘lashga tayyor edi. Biroq "qirollik klubi" bu taklifni rad etib, Luninni faqat 30-35 mln yevroga qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.
Avvalroq "Real" Luninni "Chelsi"ga sotish va o‘tgan mavsumda jamoada ijarada o‘ynagan londonliklar posboni Kepa Arrisabalagani qaytarish haqida o‘ylayotgani xabar berilgandi.