Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real» Argentina terma jamoasi ustozi bilan aloqaga chiqdi

«Real» Argentina terma jamoasi ustozi bilan aloqaga chiqdi

Madridning «Real» klubida Alvaro Arbeloaning iste’fosi kutilayotgan bir paytda, jamoa boshqaruviga asosiy nomzodlardan biri ma’lum bo‘ldi. Madridliklar ayni damda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Lionel Skaloni nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Taniqli jurnalist Manolo Lamaning «El Partidazo de COPE» ko‘rsatuvida bergan ma’lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» vakillari allaqachon Skaloni bilan aloqaga chiqishgan.

«Men ishonch bilan ayta olamanki, «Real» Skaloni bilan bog‘landi. Klub ko‘plab mutaxassislarni o‘rganmoqda, ammo aynan u bilan muzokaralar olib borilgani aniq», — dedi Lama.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Skaloni 2018 yilning avgustidan buyon Argentina terma jamoasini boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida «albiseleste» 2022 yilgi jahon chempionatida zafar quchgan. Arbeloaning «Real»dagi kelajagi esa so‘nggi muvaffaqiyatsiz natijalar fonida so‘roq ostida qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:02. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!