Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

«Real» 21 yoshli ingliz uchun 60 million yevro sarflamoqchi

«Real» 21 yoshli ingliz uchun 60 million yevro sarflamoqchi

«Kristal Pelas» klubi markaziy yarim himoyachisi Adam Uorton karyerasini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Defensacentral nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Real» 21 yoshli xavbek uchun taxminan 60 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, xabarlarda ta’kidlanishicha, «Manchester Yunayted» ham futbolchiga qiziqish bildirgan va uni kelgusi yozda transfer qilish imkoniyatini muhokama qilish uchun agent bilan muzokaralar o‘tkazgan.

«Kristal Pelas» Uortonni 2024 yilda 21 million yevroga sotib olgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatma amalga oshirishga ulgurdi.

Kiritildi: 23:32 13.09.2025. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!