Madridning “Real” klubi ayni damda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. “Qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidan ketganidan keyin yangi futbolchilar izlay boshladi.
Azar va Salohni yozda xarid qilish imkonsiz deya hisoblayotgan Madrid klubi rahbariyati e’tiborini boshqa futbolchiga qaratdi. Ispan nashrlariga ko‘ra, “Real” “Lasio” yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichga da’vogar. Ispan klubi serbiyalik futbolchi uchun 150 mln yevro to‘lashga tayyor. Klub, shuningdek, futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Milinkovich-Savich “Real”da yiliga 6 mln yevro maosh olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, serbiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda 33 ta o‘yinda 12 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.