Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ravshan Haydarov alamli mag‘lubiyatga izoh berdi

Ravshan Haydarov alamli mag‘lubiyatga izoh berdi

O‘zbekiston U 23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Xitoydan qabul qilib olingan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.

"O‘yin 120 daqiqa bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. Biroq ozgina kreativliklar yetmagani sababli gol ura olmadik. Xitoy jamoasi kutganimizdek juda yaxshi himoyalandi. Afsuski, penaltilarda omadimiz kelmadi.

Yigitlarga hech qanday e’tirozim yo‘q, ular turnir davomida har bir uchrashuvda borlarini berib harakat qilishdi. Afsuski, bugun bizning kunimiz emas ekan, penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi.

Shu tariqa, turnirdagi yurishimizni shu yerda to‘xtashiga majbur bo‘ldik. Ammo yana bir bor ta’kidlayman, futbolchilarimga yana bir bor minnatdorlik bildiraman. Ular qo‘ldan kelganicha harakat qilishdi. Muxlislarimiz bizdan doim g‘alabalar kutishadi, ulardan bugungi mag‘lubiyat uchun uzr so‘raymiz.

Ammo bugun mag‘lub bo‘lganimizga qaramasdan, o‘yin bo‘yicha hech qanday uyaladigan joyimiz yo‘q. Penaltilar seriyasi - lotareya. Unda bizga omad kulib boqmadi", - dedi Haydarov.

Kiritildi: Bugun 09:13. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!