Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Rasul Kusherbayev o‘zining Toshkent hokimi etib tayinlanishi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Rasul Kusherbayev o‘zining Toshkent hokimi etib tayinlanishi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sobiq deputati, jamoatchilik faoli Rasul Kusherbayev o‘zining Toshkent shahar hokimi sifatida tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda "bugun.uz" yozmoqda.

«To‘g‘risi, ikki kun oldin ertalab tursam, shunaqa gap tarqalib ketibdi. O‘zim ham hayron bo‘ldim, bu odamlarning xohishi bo‘lishi mumkin. Lekin aniqki, rahbariyatning emas. Men shunday deb o‘ylayapman.

Rahbariyat buni xohlamaydi, chunki yoqadimi-yo‘qmi, hokimliklarda hokimlarga bo‘ladigan qonuniy topshiriqlardan ko‘ra, noqonuniy topshiriqlar juda ham ko‘p. Va hokimlar o‘zlari istagan-istamagan holda noqonuniy topshiriqlarni ham bajarishga majbur bo‘lishadi. Masalan, o‘tgan yili SHHTning Samarqandda yig‘ilishi bo‘ldi va o‘sha yerda ular Samarqandga temir yo‘l bo‘yicha yurib borishadi deb, temir yo‘l bo‘yidagi ko‘p joylarni buzdirib tashlashdi. Hukumat topshiriq beryapti protokol bilan, 15 kun yoki 10 muddatda buzdirasan deb.

Vaholanki, qonun va hukumatning 467-sonli qarori bo‘yicha qurilmani aniqlab, sud orqali buzdirishga 1—1,5 oy vaqt ketadi. Bu qonuniy yo‘l. Bular esa 15 kun vaqt beryapti. Borib, Yangiyo‘l shahar hokimi qonunga qaramasdan, hukumatni topshirig‘i deb gumburlatib buzib tashlayapti. Mana oqibat, qonunan olsangiz, hokim qonunni buzdi. Lekin bunga kelganda prokuror va boshqalar ko‘z yumib turdi. Negaki, u hukumatning topshirig‘ini bajardi deb», — deydi Kusherbayev.

Kiritildi: 12:34 20.01.2023. O'qildi: 20168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!