Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Rasmiy munosabat: Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoploni o‘ldirilmagan

A A A
Rasmiy munosabat: Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoploni o‘ldirilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qashqadaryo viloyati, Hisor davlat qo‘riqxonasida noyob turdagi qor qoploni otib o‘ldirilgan»ligi haqida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar Tabiat resurslari vazirligi mas’ullari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish ishlari davomida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, Hisor davlat qo‘riqxonasida hech qanday qor qoploni ovlanmaganligi yoki otib o‘ldirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Qor qoploni (panthera unica) «Hisor» davlat qo‘riqxonasi tabiiy majmualarida kam tarqalgan tur hisoblanadi. Hozirgi kunda u Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga, shuningdek, Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning 1-ilovasiga (yo‘q bo‘lib ketish xavfi juda yuqori) kiritilgan.

Kiritildi: 16:11 01.05.2023. O'qildi: 2891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!