Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Rasmiy Anqara: "Kiyev va Moskva tinchlikka sezilarli darajada yaqinlashdi"

Rasmiy Anqara: "Kiyev va Moskva tinchlikka sezilarli darajada yaqinlashdi"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Ukrainadagi mojaro tomonlari endi avvalgidan ham tinchlik kelishuviga yaqinroq, deb hisoblaydi.

Bu haqda turk diplomatiyasi rahbari Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Menimcha, avvalgi davrlarga nisbatan biz hozirda tinchlik kelishuviga avvalgidan ham yaqinroqmiz. Bunga jarayondagi barcha tomonlar - asosiy Yevropa davlatlari, AQSh va ma’lum darajada Rossiya ishtiroki kiradi. Menimcha, tomonlar o‘rtasida hali ham bir yoki ikkita hal qilinmagan va ular ustida ish olib borilayotgan masalalar mavjud. Men tegishli tomonlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turaman, chunki Turkiya ilgari sulh muzokaralarining ko‘plab jihatlarida muhim rol o‘ynagan va muzokaralar, mahbuslar almashinuvi va boshqa gumanitar masalalarga yordam bergan", deb ta’kidladi vazir.

"Men tegishli tomonlar bilan doimiy aloqadaman. U AQSh prezidenti Donald Trampning sulhga erishish borasidagi sa’y-harakatlari o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi:

"Men natijaga erisha olmaganimiz uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Biroq, bu tomonlardan biroz ko‘proq ijodkorlikni talab qiladi. Yechimi oson bo‘lmagan ayrim hududiy masalalar mavjud. Xavfsizlik kafolatlari va unga bog‘liq masalalarga kelsak, menimcha, ma’lum darajada kelishuvga allaqachon erishilgan".

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!