Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rasman. Timur Kapadze - «Navbahor» bosh murabbiyi!

Rasman. Timur Kapadze - «Navbahor» bosh murabbiyi!

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kopadze "Navbahor" futbol klubining yangi bosh murabbiy sifatida rasman tanishtirildi.

"Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barcha masalalarni muhokama qilgan holda, jamoadagi kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan to‘liq kelishuvga erishdi. Tomonlar o‘zaro shartnoma imzoladi.
Timur Kapadze – O‘zbekiston futbolining eng taniqli vakillaridan biri bo‘lib, murabbiylik faoliyati davomida yoshlardan tortib milliy terma jamoagacha bo‘lgan turli darajadagi jamoalarni muvaffaqiyatli boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoalar xalqaro maydonda yirik natijalarga erishgan.
"Navbahor" FK rahbariyati Timur Kapadzening tajribasi, professional qarashlari va zamonaviy futbolga oid yondashuvi klub oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishiga ishonch bildiradi.
Yangi bosh murabbiy bugundan boshlab jamoa bilan ishlashni boshlaydi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Kiritildi: 16:32 01.12.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!