Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Rasman: Tibbiyot oliygohlarida talabalar ma’lum muddatga o‘qishdan ozod qilindi

A A A
Rasman: Tibbiyot oliygohlarida talabalar ma’lum muddatga o‘qishdan ozod qilindi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistondagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga talabalarini ma’lum muddatga amaliyot o‘tashlari uchun o‘qishdan ozod qilish to‘g‘risida buyruq berdi.

Vazir imzolagan ko‘rsatma-xatga ko‘ra, O‘zbekistan Respublikasi tibbiyot va farmasevtika oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 16–23-mart kunlari bakalavriat, magistratura talabalari, klinik ordinator (rezident)larning ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etiladi.

O‘quv muassasasi talabalarining bir haftalik ishlab chiqarish amaliyoti mos ravishda o‘zlar doimiy ro‘yxatda turgan hududga yaqin bo‘lgan mas’ul tashkilotlarda amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari B. Yusupaliyev zimmasiga yuklatilgan.

 

Kiritildi: 10:04 14.03.2020. O'qildi: 6979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!