Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 2027 yilgi Osiyo Kubogi qariyb bir yilga kechiktirildi. Bu haqda Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) rasman ma’lum qildi.
Dastlab 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralgacha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan musobaqa endi 2027 yil 23 dekabrda boshlanib, 2028 yil 21 yanvarda yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Bunday qaror mintaqadagi murakkab vaziyat, jumladan, transport-logistika muammolari va xalqaro aviaqatnovlardagi uzilishlar sabab qabul qilingan.
OFK yangi muddatlar bo‘yicha FIFAning yakuniy roziligini olishi kerak.
Taqvimdagi o‘zgarish O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlariga ham ta’sir qiladi. Dastlabki rejaga ko‘ra, hamyurtlarimiz 2027 yil 24 dekabrda Iordaniya, 28 dekabrda Shimoliy Koreya va 2028 yil 2 yanvarda Bahraynga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Biroq mazkur uchrashuvlarning yangi sanalari hozircha OFK tomonidan alohida tasdiqlanmagan. Turnir o‘tkaziladigan shaharlar va stadionlar o‘zgarishi haqida ham ma’lumot berilmadi.