Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rasman: Neymar 2026 yilgi jahon chempionatida 10-raqamda, Vinisius esa 7-raqamda o‘ynaydi

Rasman: Neymar 2026 yilgi jahon chempionatida 10-raqamda, Vinisius esa 7-raqamda o‘ynaydi

Braziliya terma jamoasi bo‘lajak jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilgan barcha o‘yinchilarning raqamlarini e’lon qildi. Kutilganidek, Neymar o‘zining sevimli «10-raqami»ni oldi. Vinisius Junior 7-raqam ostida, Rafinya esa 11-raqamda maydonga tushadi. To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

1 — Alisson, 2 — Uesli, 3 — Gabriel dos Santos, 4 — Markinyos, 5 — Kazemiro, 6 — Aleks Sandro, 7 — Vinisius, 8 — Bruno Gimaraes, 9 — Kunya, 10 — Neymar, 11 — Rafinya, 12 — Veverton, 13 — Danilo, 14 — Bremer, 15 — Leo Pereyra, 16 — Duglas Santos, 17 — Fabinyo, 18 — Danilo Santos, 19 — Endrik, 20 — Paketa, 21 — Luis Enrike, 22 — Martinelli, 23 — Ederson, 24 — Ibanyes, 25 — Igor Tyago, 26 — Rayan.

Karlo Anchelotti jamoasi guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: Bugun 11:52. O'qildi: 168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!