Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rasman: "Neftchi" braziliyalik markaziy himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Rasman: "Neftchi" braziliyalik markaziy himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Farg‘onaning "Neftchi" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi Elit bahslari oldidan mudofaa chizig‘ini kuchaytirishda davom etmoqda. Jamoa braziliyalik markaziy himoyachi Mikel Augusto Modesto Rafayel dos Santosni o‘z safiga qo‘shib oldi.

23 yoshli futbolchi yangi mavsumdan boshlab Farg‘ona klubi sharafini himoya qiladi. 190 santimetr bo‘yga ega Mikel Augusto asosan markaziy himoyachi pozisiyasida to‘p tepadi.

Braziliyaning Avare shahrida tug‘ilgan futbolchi "Palmeyras" akademiyasida tarbiyalangan. U klubning turli yosh toifalaridagi jamoalarida o‘ynab, keyinchalik asosiy tarkibgacha yetib borgan va Braziliya A Seriyasida ham maydonga tushgan.

Mikelning faoliyatida terma jamoalar miqyosidagi tajriba ham bor. U Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida O‘zbekiston U-20ga qarshi uchrashuvda qatnashgan.

Himoyachining yoshlar futbolidagi muhim yutuqlaridan biri 2023-yilgi Panamerika o‘yinlariga to‘g‘ri keladi. Mikel Braziliya U-23 terma jamoasi bilan musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan va turnir davomida 4 ta bahsda ishtirok etgan.

Shuningdek, uning "Palmeyras"dagi faoliyati Libertadores kubogi, Braziliya A Seriyasi, Braziliya kubogi, Recopa Sudamericana hamda Paulista chempionati kabi musobaqalardagi muvaffaqiyatlar bilan bog‘liq.

Shu tariqa, "Neftchi" Osiyo Chempionlar Ligasi Elitdagi ishtiroki oldidan tarkibiga Braziliya futbol maktabi vakilini qo‘shib, markaziy himoyadagi imkoniyatlarini kengaytirdi.

Kiritildi: 23:45 08.09.2026. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!