Rayan Ait-Nuri “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi.
“Shaharliklar” himoyachining transferi va u bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangani haqida xabar berishdi.
"Vulverxempton" 24 yoshli futbolchi uchun 40 million yevro olishi xabar qilingandi.
Ait-Nuri 2020/21 yilgi mavsumdan beri Premyer-ligada o‘ynamoqda. U chempionatda 135 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan (o‘tgan mavsumda 7 ta).