Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Rasman: 2025 yil 1 dekabrdan nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi talab etilmaydi.

Rasman: 2025 yil 1 dekabrdan nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi talab etilmaydi.

“Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–157-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 2028 yilgacha YAIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;

🔹 proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.

🚫 Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:

🔸 nikohni rasmiylashtirishda FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi;

🔸 nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYo organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;

🔸 avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini ko‘rsatish talabi.

Kiritildi: 17:37 09.09.2025. O'qildi: 827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!