Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Rasm chizadigan shimpanze

Rasm chizadigan shimpanze

Braziliya hayvonot bog‘ida yashaydigan rassom shimpanze Jimmi o‘zining juda ko‘p muxlislariga ega. Hatto keyingi yili u o‘zining ko‘rgazmasini ham uyushtirmoqchi.

26 yoshli shimpanze Jimmi Niteroya hayvonot bog‘ining tarbiyalanuvchisi sifatida ulkan talant egasi hisoblanadi – u xolstga cho‘tkacha yordamida surat soladi.

Maymunning bu ijodiy qobiliyatini mehmonlardan biri Roched Seba sezib qoldi. Haftada uch marta u Jimmiga kraskalar va xolst keltirib turadi. Maymunning kartinalarida Seba faqat abstraksionizmni ko‘rmaydi. Hatto uning rasmlaridan biri shimpanzening avtoportretiga ham o‘xshab ketadi.

Rasm chidayotgan maymun hayvonot bog‘iga juda ko‘p mehmonlarni jalb etmoqda.

Jimmining portfoliosida bir ko‘rgazmaga yetgulik suratlar yig‘ilib qoldi. 20 tadan iborat suratlar ekspozisiyasi namoyishi keyingi yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: Associated Press

Kiritildi: 08:37 15.05.2018. O'qildi: 2515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!