Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rashk sababli o‘z xotinini o‘ldirgan 54 yoshli o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi

A A A
Rashk sababli o‘z xotinini o‘ldirgan 54 yoshli o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi

Rossiyaning Vladikavkaz shahrida o‘z xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb yozadi Podrobno.uz .

24 dekabr kuni ertalab Prigorod tumanidagi sobiq parranda fabrikasi hududidan 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol kishining jasadi topilgan. U o‘z ajali bilan o‘lmaganiga ishora qiluvchi alomatlar aniqlangan.

Huquq-tartibot xodimlari issiq izida gumonlanuvchini qo‘lga olib, jinoyat ishi ochdi. Ularning fikricha, jinoyatga marhumaning eri 54 yoshli o‘zbekistonlik aloqador. Qotillik rashk asosida amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 22:57 27.12.2018. O'qildi: 2399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!