Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Raqsga tushish ozishga yordam beradi

A A A
Raqsga tushish ozishga yordam beradi

Xitoylik olimlar ozishning oddiy usulini aytishdi. PLOS ONE jurnalida e’lon qilingan maqolaga ko‘ra, raqsga tushish ozishga yordam beradi.

Oldingi tadqiqotlar vazn tashlash yoki sog‘lom tana massasi indeksini saqlashning eng samarali yo‘li sog‘lom ovqatlanish va muntazam jismoniy mashqlarni o‘z ichiga olgan turmush tarziga rioya qilish bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatgandi. Biroq, ko‘pchilik sog‘lom turmush tarziga doimiy ravishda amal qilishi qiyin.

Mutaxassislar 654 ta tadqiqotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni tahlil qilib, raqs ortiqcha vazn va semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar uchun samarali ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlashdi. Deyarli har qanday raqs turi, agar muntazam ravishda mashq qilinsa, vazn yo‘qotishga yordam beradi.

Kiritildi: 21:55 05.02.2024. O'qildi: 1478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!