“YandexGo UB” MCHJ yo‘lovchilarni tashish (taksi) uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi sub’ekt deb e’tirof etildi.
Qo‘mita ushbu bozorda barcha ishtirokchilari tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, insofsiz raqobat, iqtisodiy konsentrasiya, ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilish kabi harakatlarning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tizimli ravishda monitoring olib boradi.