Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ra’no Yarasheva erining qasami sabab 4 yoshli farzandi vafot etgani haqida gapirib berdi

Ra’no Yarasheva erining qasami sabab 4 yoshli farzandi vafot etgani haqida gapirib berdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva "YouTube"dagi YashinTV kanaliga eksklyuziv intervyu berdi.

Ra’no Yarasheva suhbat davomida birinchi turmushidan ajrashishi sababi, erining qasami sabab qizalog‘i o‘lib qolgani haqida gapirib berdi.

— Do‘stlar bilan bir davrada o‘tirganimizda she’rlar o‘qishlarim turmush o‘rtog‘imga yoqmas edi. O‘sha davradan chiqib toki uyga kelgunimizcha nimaga o‘zingni ko‘rsatasan, deb men bilan janjallashib kelardilar. Bu odatlaridan so‘ng keyingi safar o‘shanaqa davralarga, o‘tirishlarga bormayman, desam, sen men bilan birga yurishga or qilyapsanmi, derdilar. Alloh bizga qiz berdi, o‘g‘il berdi, ammo tortishuvlarimiz tugamadi. Men o‘ylagan erkinlik, orzular bo‘lmadi, turmush degani ham juda mashaqqatli hayot ekan.

Bir kuni o‘sha odam ichib kelib, qattiq jism bilan boshimga urgan. Uydan dadamnikiga chiqib ketganman. Buni dadam ko‘rib, nima bo‘ldi, dedilar. Dadamga osonlikcha ko‘p narsani aytmas edim, chunki ularning jahllari juda baland edi. Bo‘lgan voqeani aytganimda, seni ham biror aybing bordirki, shunday urgandir, dedilar. O‘z-o‘zidan shunday janjal bo‘lganini aytganimdan so‘ng akam, onam, dadam mashinaga o‘tirib, erimning uyiga kelganmiz

Bir janjallashganimizda erim agar oilam bilan asossiz janjallashsam, zarracha ko‘nglini og‘ritsam, bolamning o‘ligining ustida turay, deb qasam ichgandi. O‘shandan so‘ng to‘rt yoshlik qizalog‘imiz o‘lib qoldi. Yosh oilalar har qanday vaziyatda ham bolalarini o‘rtaga qo‘yib qasam ichishlari kerak emas. Har qanday holatda ham bu narsaga jiddiy e’tibor berish kerak

Xullas, dadam bilan erimning hovlisiga bordik. Dadam erimga nimaga qizimni urding, dedilar. Ular jim turdilar. Qizim o‘g‘rilik qildimi, buzuqlik qildimi, uyingdan biror narsani sendan so‘ramasdan sotib yubordimi, nima qildi, dedilar. Endi oilada bo‘ladi-ku, urdim-da, deb javob berganlarida dadam u odamga musht tushirib yubordi. Shu voqeadan so‘ng biz butunlay ajrashib ketdik, deydi Ra’no Yarasheva.

Kiritildi: 13:35 28.05.2021. O'qildi: 8567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!