Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Ra’no Shodiyeva “Mendirman Jaloliddin” serialidagi ona roli uchun juda yosh. Uning o‘zi bu haqida nima deydi?

A A A
Ra’no Shodiyeva “Mendirman Jaloliddin” serialidagi ona roli uchun juda yosh. Uning o‘zi bu haqida nima deydi?

8 mart kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Alparslon Akinji boshchiligidagi Turkiya elchixonasi mas’ullari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va “Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi, deb xabar bermoqda "Darakchi" sayti.

“O‘SHA PAYTLAR AYOLLARIMIZ YOSh TURMUSHGA CHIQISHGAN”

Ra’no SHODIYEVA, aktrisa:

— Mana shu savolni juda ko‘p so‘rashyapti va juda ko‘p muhokama qilinyapti. Jaloliddin ulg‘ayganda (tahr. 22-23 yosh atrofi aytilyapti) Oychechak sultonning yoshi u qadar katta bo‘lmagan – 40 yoshlar atrofida bo‘lgan. Men xozir 42 yoshdaman. Lekin o‘sha paytlar hammamizga ma’lumki, ayollarimiz yosh turmushga chiqishgan. 14-15 yoshlarida farzand ko‘rishgan. Biz ham  barcha aktyorlar qatori 3-4 ta kastingdan o‘tganmiz. Rejissyorlarimiz, prodyuserlarimiz bu obrazda aynan meni ko‘rganliklari uchun meni tanlashgan. 

“O‘ZIMNING TO‘NG‘ICh O‘G‘LIM 24 YOSHDA”

— Menda hech qanday noqulaylik bo‘lmadi. Shaxsan o‘zimning to‘ng‘ich o‘g‘lim 24 yoshda va bu obrazimda onaning hissiyotlarini ko‘rsatishda menga qiyinchilik tug‘ilmadi. Qiynalgan bo‘lsam, turk tilida qiynalgandirman. (kuladi)

“AYOL KISHI YOSh KO‘RINSA YOMONMI?”

Juda to‘g‘ri savol bo‘ldi – serialda juda yosh ko‘ringanman. Ayol kishi yosh ko‘rinsa yomonmi? Yanada yosh ko‘rinishimiz sabablaridan biri bu – operator mahorati. Chiroqlar bilan yaxshi ishlangani, montaj ustalarining mehnati tufayli ham filmda yoshroq ko‘ringan bo‘lsak kerak”, - deydi Ra’no Shodiyeva.

Kiritildi: 04:30 12.03.2021. O'qildi: 6902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!