Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Ramzan Qodirovning farzandlari taqdirlandi

A A A
Ramzan Qodirovning farzandlari taqdirlandi

Ramzan Qodirovning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi — Ahmad va Adam terrorizmga qarshi kurashgani uchun taqdirlandi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev ma’lum qildi.

“Ahmad va Adam Qodirov Checheniston Respublikasi IIVning “Terrorizmga qarshi kurashga hissa qo‘shgani” faxriy ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi”, – deb yozgan u o‘z Telegram-kanalida.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Qodirovning farzandlari “haqiqiy vatanparvarlar va Respublikaning sobiq prezidenti Ahmad-Hoji Qodirovning o‘gitlariga amal qilib kelmoqda”. Shu bilan birga ular terrorizmga qarshi qay tarzda kurashgani haqida ma’lumot keltirilmagan.

Checheniston rahbarining o‘zi o‘g‘illari Grozniyga uch nafar ukrainalik askarni asir olib kelgani haqida yozgandi.

Kiritildi: 07:33 29.03.2023. O'qildi: 2777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!