Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ramzan Qodirovning bokschi o‘g‘li sharmandali tarzda g‘olib bo‘ldi (VIDEO)

Ramzan Qodirovning bokschi o‘g‘li sharmandali tarzda g‘olib bo‘ldi (VIDEO)

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li, 13 yoshli Adam Qodirov boks bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda ziddiyatli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jang videosi Twitter'da joylashtirilgan.  Bu haqda "qalampir.uz" yozmoqda.

Jangda kichik Qodirovning raqibi Aslan Botirov bo‘lgan. Ikkinchi raundda raqiblar juda faol zarbalar almashinuvini tashkil qilgan, ammo o‘sha paytda hakam bokschilarni ajratib qo‘ygan va o‘n soniyali hisoblashni boshlagan.

Botirov ishonchli tarzda oyoqda turgan va jangni davom ettirishga tayyor bo‘lgan, ammo hakam Aslanda nokdaun qayd etgan va sportchining sekundantlari ringga oq sochiq uloqtirgan.

Botirov hayron bo‘lib qo‘llarini yuqoriga ko‘targan va kichik Qodirovga chempionlik kamari topshirilgan.

Jang sharhlovchisi nima bo‘layotganini anglamay qolgan va sudyaning qarorini “ancha tushunarsiz” degan.

Keyinchalik, Adam Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchragan. Kichik Qodirovning Instagram'dagi muxlislari uning g‘alabasini “uyatli” deb atagan.

Ma’lumot o‘rnida, Ramzan Qodirovning 10 nafar farzandi bor: 4 o‘g‘il va 6 qiz.

Kiritildi: 21:01 19.04.2021. O'qildi: 13547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!