Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Ramzan Qodirov: "Men Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga murojaat qilaman..."

Ramzan Qodirov: "Men Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga murojaat qilaman..."

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga uning vakillari "Azovstal"dagi jangarilarni evakuasiya qilishga tayyorligini ma’lum qilgani yuzasidan murojaat qildi.

“Rossiya musulmonlari musulmon davlati bo‘lgan Turkiya Ukrainaga “Bayraktar” uchuvchisiz texnikalarini yetkazib berishda yordam bergani haqidagi xabarni qayg‘u bilan qabul qilgan bo‘lsa, ular Turkiyaning islomning ashaddiy muxoliflari va qoralovchilarini evakuasiya qilishga tayyorligi haqidagi xabarni qanchalik keskin qabul qilganini tasavvur qiling?”, — deydi Qodirov.

“Men Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga murojaat qilaman: Azov polki qotil va ateistlar, hozir ularni sizlarga Rossiya tajovuzining begunoh qurbonlari sifatida ko‘rsatishmoqchi. Sizning yordamingiz bilan sud va munosib jazodan qochib qutulmoqchi bo‘lgan jinoyatchilarga aldanib qolmang”, — deya qo‘shimcha qildi Qodirov.

Kiritildi: 09:58 16.05.2022. O'qildi: 9092 marta. Fikrlar soni: 12 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!