Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ramzan Qodirov bedavo dardga chalinganmi?

Ramzan Qodirov bedavo dardga chalinganmi?

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bedavo dardga chalingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Siyosatchi o‘zining Telegram sahifasiga videomunosabatini joyladi.

Qodirov kinoya bilan kasalligi haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga umid qilganlarni xafa qilganidan afsusdaligini aytdi. U avvalgidek sport bilan shug‘ullanishi, tog‘larga chiqishi, Chechenistonni rivojlantirishdagi muhim masalalarni muhokama qilish bilan shug‘ullanayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, u qo‘lida tibbiy asbob emas, balki elektron tasbeh borligini tushuntirdi.

Shuningdek, Ramzan Qodirov ayrimlar uning ko‘rish qobiliyatiga qiziqishini aytib, 100 foiz ravshan ko‘rishini qayd etdi. Siyosatchi Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonishini ham qo‘shimcha qildi.

Fevral oyida Checheniston rahbari Rossiya prezidentining Federal Majlisga murojaatini buyragi kasalligi sababli o‘tkazib yuborgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan.

Kiritildi: 23:49 15.03.2023. O'qildi: 4478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!