Ramazon oyida ehson uchun pul berishning yangi usulini izlayapsizmi? Buyuk Britaniyaning poytaxtidagi masjidda sizning xayriya pulingizni bitkoin orqali olishga tayyor.
Sharqiy Londonning Dalston shahridagi Sheklevell Leyn masjidi donor bazasini kengaytirish va valyutani konvertasiya qilish bo‘yicha bojlarni kamaytirish uchun bitkoin hamda boshqa kriptovlyutani qabul qilishga qaror qildi, dedi masjid rahbariyati.
“Kriptovalyutani ingliz funtiga yoki dollarga aylantirish harakatlari qiyin bo‘lishi mumkin. Masjid bu qiyinchiliklarni ko‘tara oladi», dedi masjidga texnologiyani o‘rnatuvchi Lukash Musial. “Qabul qiluvchi uchun tugmani bosish orqali moliyaviy yordamga ega bo‘lish degani. Masjid nuqtai nazardan bu usul butun dunyo bo‘ylab xayr-ehsonlarning kelishiga yo‘l ochadi”, deya so‘zini davom ettirdi u.
Misr ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mamlakat muftiysi bitkoinga Islom qonunchiligi bo‘yicha ruxsat berilmagan. Shaklvell imomi Abdullah Adimi esa masjidning qarorini himoya qildi.
«Bitkoin boshqa valyutaga o‘xshaydi, u faqat xos odamlar tomonidan qabul qilinadi. Biz o‘zimiz savdo qilmaymiz. Biz ishtirok etmaymiz ularni biz sadaqa qilamiz», dedi Adimi “Reyter” agentligiga.
Masjid bu Londondagi yuzlab kriptovalyutani qabul qiluvchi bir hovuch kabidir va uning harakatlari natija beradi. Uning aytishicha, bu yil xayriya mablag‘larini ikki baravar ko‘paytirib, 10 000 funt sterling (13,300 AQSh dollari) dan oshirishni rejalashtirmoqda.
Manba: azon.uz