Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

“Ramazon” so‘zining ma’nosi nima?

“Ramazon” so‘zining ma’nosi nima?

Ramazon so‘zini arablar qadimdan kelayotgan lug‘atlaridan olganlar. Hijriy taqvimning to‘qqizinchi oyi bo‘lmish Ramazon ilk bor jazirama issiq , kuydiradigan haroratli kunlarga to‘g‘ri kelgani uchun “Ramazon” deb atalgan. Ramazon degani “ramz” so‘zidan olingan bo‘lib, “qizimoq”, “qizib cho‘g‘ bo‘lmoq”, “kuydirmoq” ma’nolaridadir. Jazirama issiqda qolgan qo‘ylar kuyib, qorayib, o‘lib qolar ekan.

Shuning uchun mazkur oyda ro‘za tutgan odamning gunohlari kuyib, yo‘q bo‘ladi, aybu nuqsonlari Ramazonning savoblari jilolanib turgan muborak quyoshida o‘lib ketadi, degan tushuncha paydo bo‘lgan. 

Ramazon ro‘zasi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlarining ikkinchi yilida Sha’bon oyidan ikki kecha o‘tganidan so‘ng dushanba kuni farz qilindi. Bu milodiy 623 yilning 7 fevraliga to‘g‘ri kelsa kerak degan taxminlar bor.

Sha’bon oyi tugashi bilan Payg‘ambar alayhissalom boshliq musulmonlar ilk Ramazon ro‘zasini tuta boshladilar. Bu kunlar juda issiq edi. Aytganimizdek, Ramazon ham “juda issiq”, “kuydiradigan issiq” deganidir. Shoyad, Ramazonda ro‘za tutganlarning gunohlari kuyib yo‘q bo‘lsa!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam 9 yil Ramazon ro‘zasini tutganlar.

Kiritildi: 05:30 25.04.2020. O'qildi: 19406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!