"Raketa Janubiy Ukraina atom elektr stansiyasining yadroviy reaktorlaridan 300 metr uzoqlikda quladi", deb xabar berdi Ukraina davlat korxonasi "Energoatom".
Xabarda aytilishicha, soat 00:20 da Rossiya qo‘shinlari elektr stansiyasiga raketa hujumi uyushtirgan. Janubiy Ukraina AES normal ishlamoqda, xodimlar orasida jabrlanganlar yo‘q.
Zelenskiy Telegram kanalida Janubiy Ukraina atom elektr stansiyasiga raketa hujumi videosini e’lon qildi: “Bosqinchilar yana zarba bermoqchi bo‘lishdi, lekin atom stansiyasi nima ekanligini unutib qo‘yishdi. Rossiya butun dunyoni xavf ostiga qo‘ymoqda".