Tojikiston va Qirg‘iziston aviaqatnovlarni tiklamoqda va ertaga, 14 mart kuni Dushanbe-Bishkek va Bishkek-Xo‘jand reyslari ochiladi.
Bu haqda Bishkekda ikki kunlik tashrif bilan bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ma’lum qildi.
Umid qilamanki, tez orada avtobus qatnovlari ham tiklanadi va fuqarolarimiz bir-birlari bilan muloqot qilishni boshlaydilar," - dedi Rahmon.
Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari Imomali Rahmon va Sadir Japarov o‘rtasidagi muzokaralar doirasida bosh vazirlar rahbarligida hukumatlararo kengash tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu yangi mexanizm orqali o‘zaro savdo hajmini 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, tomonlar istiqbolli sanoat tarmog‘ida aloqalarni kengaytirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, qishloq xo‘jaligi, energetika, mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish, transport-kommunikasiya aloqalarini rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.