Namangan viloyatining chekka hududi — Kosonsoy tumanidan chiqqan yosh jangchi Rahimxon Bahodirxonov AQShda professional MMAda o‘z faoliyatini boshlamoqda. U yaqinda rasmiy professional kontrakt imzoladi va 2026 yil yanvar oyida “Lights Out Xtreme Fighting” (LXF) ligasida o‘zining professional debyut jangida ishtirok etadi.
Rahimxon hozirda Kaliforniya shtatidagi Hantington-Bich shahrida joylashgan Kings MMA jamoasida sobiq UFC jangchisi va tajribali murabbiy Leonardo “Macarrão” Mafra Teysheyra qo‘l ostida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Mafra Raximxonni "NextGenMMArts" agentligi orqali boshqarib, uning xalqaro sport yo‘lini professional darajada rivojlantirmoqda.
“Bu mening orzularim sari eng muhim qadam, — deydi Rahimxon. — Kosonsoyda boshlangan yo‘limni endi AQSh oktagonida davom ettiryapman. Yanvar oyidagi jangda O‘zbekiston bayrog‘ini faxr bilan ko‘taraman.”
Rahimxonning debyut jangi 125 funt (Flyweight) vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. U O‘zbekistonni xalqaro MMA sahnasida munosib tarzda himoya qilib, keyingi maqsadi sifatida UFC darajasiga chiqishni rejalashtirmoqda.