Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rafinya Lamin Yamalni "Oltin to‘p"ga munosib deb hisobladi

Rafinya Lamin Yamalni "Oltin to‘p"ga munosib deb hisobladi

"Barselona" vingeri Rafinya Ispaniya chempionatining 6-turida "Rasing" ustidan qozonilgan 7:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoadoshi Lamin Yamalni "Oltin to‘p"ga munosib futbolchi deb atadi.

"Sen fenomensan. Men uchun "Oltin to‘p" sohibisan", — deb yozdi Rafinya ispaniyalik futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan izohida.

8 sentyabr kuni France Football jurnali 2026 yilgi "Oltin to‘p" sovriniga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

"Barselona" La Ligada o‘tkazgan 6 ta uchrashuvining barchasida g‘alaba qozonib, 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Rasing" esa 7 ochko bilan 10-pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 23:58 17.09.2026. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!