Misr va G‘azo sektori chegarasida joylashgan Rafah punkti ochildi va G‘azodan bemorlarni qabul qila boshlaydi.
Bu haqda Misrning Shimoliy Sinay provinsiyasi gubernatori Xolid Mugaver ma’lum qildi.
"Bir necha kun oldin men barcha jurnalistlarga Rafah o‘tish joyi tez orada yaradorlarni qabul qila boshlashini aytdim. Bugun uning ochilishi e’lon qilindi. Biz bemorlarni qabul qilishni boshlaymiz", - dedi gubernator bayonotida.
Shu bilan birga, G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligining aniqlik kiritishicha, Falastin anklavidagi bemorlar va yaradorlarning birinchi guruhi 1 fevral, shanba kuni Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali jo‘nab ketadi.