Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Rafael» to‘foni Kubaga yetib keldi, prezident jiddiy zarar ko‘rganini ma’lum qildi

A A A
«Rafael» to‘foni Kubaga yetib keldi, prezident jiddiy zarar ko‘rganini ma’lum qildi

«Rafael» to‘foni Kubaga yetib keldi, orolda shamol tezligi 185 km/soatga yetdi. Milliy elektr tarmog‘i ishlamay qoldi. Prezident Migel Dias-Kanel rasmiylar dovul oqibatlarini baholashni boshlaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.

«Biz shu payshanba kuni erta tongdan vaqtni behuda sarf qilmasdan tiklashni darhol boshlaymiz», dedi Dias-Kanel Milliy mudofaa kengashi yig‘ilishida. Uning aytishicha, bo‘ron Kubaning g‘arbiy provinsiyalariga jiddiy zarar yetkazgan.

Kuba prezidenti, shuningdek, u va bir necha vazirlar jabrlangan hududlarga tashrif buyurishini aytdi. 7 noyabr kuni ertalab to‘fon zaiflasha boshladi, mamlakat rasmiylari esa, shamolning tezligi hamon 50 km/soatga yetgani sababli xavfli sharoitlar davom etishi haqida ogohlantirdi.

«Rafael» to‘foni 6 noyabr kuni tushdan keyin Kubaga kelib, sharqdan g‘arbga siljigan. Orolga kuniga 200 mm ga yaqin yog‘ingarchilik tushishi kutilmoqda. Ob-havo yomonlashganidan keyin mamlakat elektr tarmog‘i deyarli ishdan chiqdi. Kuba aeroportlari 36 soatga to‘xtatildi. Shaharlarda jamoat transporti ham bekor qilingan. Venesuela hukumati Kubaga 300 tonna gumanitar yordam yubordi.

Kiritildi: 13:59 07.11.2024. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!