Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Quyoshdan tovushlar kelayotganmish, ular "Hali javob berasiz", degan ma’noni berarkan. Shu rostmi?

A A A
Quyoshdan tovushlar kelayotganmish, ular "Hali javob berasiz", degan ma’noni berarkan. Shu rostmi?

Assalomu alaykum! Telegramm kanallarida bir videoga ko‘zim tushib qoldi. U videoda aytilishicha quyoshdan ovoz kelayotganmish. Arabchadan tarjima qilinsa Xali javob berasizlar degan manoni bildirar ekan. Bu narsa rostmi yoki yolg‘on?

Zikr ahlidan so‘rang hay’ati:

- Va alaykum assalom! Avvalo Islom dini o‘zini haqligini isbot qilishi uchun ularni turli xil safsatalariga ehtiyoj yo‘q. Chunki bizning iymonimiz mustahkamlanishiga Qur’on va hadisdagi bashorat va mo‘jizalar ortig‘i bilan kifoya qiladi. Videoga kelsak bu feyk ma’lumot. Arablarda hajviya sifat bukro davaam iborasi bor. Bu iboraning ma’nosi siz keltirgandek emas. Buni animasiya qilingan roliklari ham internetda bor. Qalloblar esa o‘sha roliklardagi bukro davaam ovozini quyoshdan kelayotgan ovoz deb montaj qilib qo‘yishgan. Va buni bukro javaab deyapti deb talqin qilishyapti. Sodda bo‘lmaylik. Bu kabi ishlarni yoymaslik ham kerak, ishonmaslik ham kerak. Vallohu a’lam!

Manba: islom.uz

Kiritildi: 15:43 10.03.2019. O'qildi: 6806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!