Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan Qo‘yliq dehqon bozori hududidagi oshxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 17 iyun kuni soat 10:18 da Bektemir tumani Xonabodtepa ko‘chasida joylashgan Qo‘yliq dehqon bozori hududidagi oshxonada yong‘in yuz berayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng qutqaruv bo‘linmalari soat 10:27 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 10:36 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida oshxonaning tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa tufayli jabrlanganlar va tan jarohati olganlar yo‘q.
Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.