Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"Qo‘yliq" dehqon bozorida jinoyatga qo‘l urgan ayolga hukm o‘qildi

"Qo‘yliq" dehqon bozorida jinoyatga qo‘l urgan ayolga hukm o‘qildi

Hayot atalmish sinovli dunyoda turfa taqdirlar bo‘ladi. Birni ko‘rib fikr qiladi kishi, birni ko‘rib shukr. Voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan 35 yoshli ayolning o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishni maqsad qilishi esa kishini chuqur o‘yga toldiradi...

Ayol "Qo‘yliq" universal bozori yonida joylashgan avtobuslar bekati hududida ko‘zlagan rejasini amalga oshiradi. O‘sha yerda bo‘lgan fuqaroni mikroavtobusga chiqayotganligidan foydalanib, uning yelkasidagi sumkasidan bahosi 100 AQSh dollariga teng katmoncha va uning ichida bo‘lgan jami 610 000 so‘m miqdoridagi naqd pullar bilan birga narxi 300 AQSh dollariga teng tilla ziraklarni kissavurlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. Tabiiyki, hodisa sodir bo‘lgach vovea joyidan yashiringan.

“Yon-atrof tirband ekanligidan foydalandim”

Sud majlisida so‘roq qilingan sudanuvchi e’lon qilingan ayblovga to‘liq iqrorlik bildirdi...

— O‘z ishlarim bilan "Qo‘yliq" dehqon bozoriga borib, keyinchalik Yangiobod bozoriga borishni rejalashtirgandim. Shu bois "Qo‘yliq" universal bozoriga kelgan vaqtimda, shu yerda bo‘lgan avtobuslar bekati oldida notanish fuqaroni mikroavtobusga chiqayotganini ko‘rib qoldim. Bu vaqtda ushbu mikroavtobusdan odamlar tushayotgandi. Shunda u yelkasidagi sumkasini orqa tomoniga o‘tkazib qo‘ydi. Uni mikroavtobusga chiqayotganidan va bu vaqtda yon-atrof tirbandiligidan foydalandim. Fuqaroning ortidan borib, mikroavtobus eshigi oldida uning yelkasidagi sumkasi ichidan katmonchani o‘g‘rilab oldim. Bu holatni hech kim ko‘rmadi va sezmadi. So‘ng katmonchasini olib, yo‘l qatnov qismining nargi tomoniga, ya’ni Yashnobod tumani hududi tomon o‘tib ketdim. Ichini ochsam, 300 000 so‘m bor ekan. Pullarni olib, katmonchani uloqtirib yubordim. Pullarni o‘z ehtiyejim yo‘lida sarfladim. Katmonchaning ichida yana biror bir narsa bor yoki yo‘qligiga amin bo‘lmasdan turib, uni tashlab yubordim. Keynchalik bilsam, ichida yana 2 dona tilla zirak va 100 000 so‘m pul bo‘lgan ekan. Qilgan ishimdan chin qo‘ngildan pushaymonman.

“Kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirildi”

Jabrlanuvchi esa sudda quyidagilarni bayon qildi...

— Tanishim bilan birga "Qo‘yliq" dehqon bozoriga kelib, zarur bo‘lgan buyumlarni harid qildik. “Aviasozlar” bozoriga borish maqsadida "Qo‘yliq" universal kiyim bozori yonidagi bekatda mikroavtobus kutib turdik. Kelgan mikroavtobusda odam ko‘p bo‘lgani sababli, uning ichidagi yo‘lovchilarni o‘tkazib yubordim. Shunda mikroavtobusga chiqish uchun yelkamdagi sumkani ortimga o‘tkazib oldim. Bu vaqtda men tomonga bir ayol kelayotganini ko‘rdim. Lekin unga uncha ahamiyat bermadim. Oradan bir muddat o‘tgach, yo‘l haqqini to‘lamoqchi bo‘lib sumkamning ichidan 100 AQSh dollariga teng katmoncha, uni ichida bo‘lgan 400 000 so‘m, 3 AQSh dollari, 2 dona 300 AQSh dollariga yetadigan tilla zirak va 100 000 so‘m miqdoridagi pullari yo‘q bo‘lib qolganini bildim. So‘ng Ichki ishlar organlari xodimlariga mazkur holat yuzasidan ariza bilan murojaat qildim. Surishtiruv ishlari davomida hodisa sodir bo‘lgan joy yaqinida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirildi. Unda bir ayol kelib, meni mikroavtobusga chiqayotgan vaqtimda sumkamdan katmonchani o‘g‘rilab olgani ko‘rindi. Hozirgi vaqtda menga hammasi qaytarib berilgan. Sudlanuvchiga nisbatan hech qanday da’voim yo‘q.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va uch yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Elza SHAMSUTDINOVA,

jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi raisi

Kiritildi: 21:43 04.08.2022. O'qildi: 4401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!