Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam tovlamachilik jinoyati uchun sudlangan I.S. fuqarolar D.Q. va M.R.ni tanishlari yordamida Qo‘qon temir yo‘llari muhandislik texnikumiga 2 400 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga kelishib, shundan 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. boshqa bir fuqaro R.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi universitetning tibbiyot fakultetiga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.