Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish: eng ko‘p berilayotgan savollar

A A A
Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish: eng ko‘p berilayotgan savollar

Keng jamoatchilikka bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilish imkoniyatini yaratish maqsadida bugundan ishga tushirilgan @zamonaviytalim_bot manziliga hamyurtlarimizdan juda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bugunning o‘zida @zamonaviytalim_bot manziliga uch mingga yaqin murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarda asosan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga ruxsat berilgani to‘g‘risida savollar berilgan.

Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblarni e’lon qilamiz.

Hujjatlarni talabaning o‘zi topshirishi kerakmi yoki yaqin qarindoshlari tomonidan ariza to‘ldirish mumkinmi?

Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bevosita talabgorning o‘zi tomonidan joyida to‘ldiriladi hamda zarur hujjatlar taqdim etiladi.

Hududiy ishchi guruhlarga qanday hujjat taqdim etiladi?

✅ Fuqarolardan Hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

? ariza (joyida to‘ldiriladi);
? reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi;
? pasport nusxasi.

Nodavlat oliy ta’lim muassasasidan ham o‘qishni ko‘chirish ruxsat etiladi?

Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilish uchun qo‘shni davlatlarda tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasining mulkchilik shakli bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari birdek o‘qishni ko‘chirishlari mumkin. Faqatgina o‘z davlatida oliy ta’lim muassasasi sifatida davlat akkreditasiyasidan o‘tgan bo‘lishi lozim.

Sirtqi va kechki ta’limda tahsil oladiganlar ham ariza topshirishi mumkinmi?

Qo‘shni davlatlar oliy ta’lim muassasalarida istalgan ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishlariga ruxsat etiladi. 

Qaysi davlatlarda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini ko‘chirish uchun ruxsat etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlari – Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat beriladi.

Rossiya Federasiyasi, Ukraina boshqa MDH davlatlari, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar amaldagi tartibga ko‘ra (https://lex.uz/docs/3244181), Hududiy ishchi guruhlarga 2020 yilning 15 iyuldan 5 avgustga qadar murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni byudjetga ko‘chirsa bo‘ladimi?

Qo‘shni davlat oliy ta’lim muassasalarida byudjet va to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar O‘zbekiston OTMlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishlari mumkin. Bunda O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirishda to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Byujetda o‘qish uchun yozda tanlovda ishtirok etish talab etiladi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kiritildi: 20:45 08.02.2020. O'qildi: 7251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!