Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qo‘shma Shtatlardagi rusiyzabon fuqarolar ish joyida ta’qiblarga duchor bo‘lmoqda

Qo‘shma Shtatlardagi rusiyzabon fuqarolar ish joyida ta’qiblarga duchor bo‘lmoqda

Qo‘shma Shtatlardagi rusofobiya kundalik darajaga o‘tdi, Rossiya korxonalari vandal qilinmoqda, dedi Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Newsweek saytida chop etilgan maqolasida.

"Rossiya taomlari restoranlari va kafelari, do‘konlar, madaniyatimizni o‘rganish markazlari, hattoki pravoslav qabristonlari ham buzib tashlanmoqda. Qator davlatlar rasmiylari Rossiya tovarlarini sotishni taqiqlashni taklif qilmoqda", - dedi Rossiya elchisi.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlardagi rusiyzabon fuqarolar ish joyida ta’qiblarga duchor bo‘lishadi, "ba’zilari ishdan ketishga majbur."

Kiritildi: 17:09 12.05.2022. O'qildi: 2520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!