Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Qo‘shma Shtatlar Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatish haqidagi ehtimoliy qaroriga aralashmaydi

A A A
Qo‘shma Shtatlar Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatish haqidagi ehtimoliy qaroriga aralashmaydi

Qo‘shma Shtatlar Ukraina hukumatining Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatish haqidagi ehtimoliy qaroriga aralashmaydi, dedi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan CBS telekanalida.

"Bu AQSh rasmiylari u yoki bu qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan masala emas. Shuning uchun biz bu kadrlar bo‘yicha qarorlarga aralashmaymiz. Bu Ukraina va Ukraina prezidentining (Vladimir Zelenskiy) suveren huquqidir", - dedi rasmiy.

Sallivan teleboshlovchi Margaret Brennanning Zalujniyning iste’foga chiqishi frontdagi vaziyatga qanday ta’sir qilishi haqidagi savoliga javob bermadi.

Kiritildi: 20:50 05.02.2024. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!