AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vazir Muhammad bin Salmon Al Saud seshanba kuni telefon orqali Yaman masalasini muhokama qildi va Eron tahdidlarini tiyish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.
Hujjatga ko‘ra, Sallivan va Muhammad bin Salmon Al Saud “bir qator xalqaro va mintaqaviy masalalarni, jumladan, Yamandagi urushni tugatish bo‘yicha davom etayotgan diplomatik aloqalarni muhokama qilgan”. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining yordamchisi “Yamanda o‘tgan bir yil ichida sezilarli taraqqiyot”ni qayd etdi. Uning fikricha, “Birlashgan Millatlar Tashkiloti vositachiligida tuzilgan sulh shartlarida harbiy harakatlar deyarli to‘xtadi”. Sallivan Ar-Riyodning "urushni tugatish" harakatlariga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Amerika yetakchisining yordamchisi va valiahd shahzoda ham "Eron va boshqa davlatlardan kelayotgan tahdidlarni yanada jilovlash zarurligini" ta’kidladi. "Sallivan prezident Baydenning Eron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olishga qat’iy sodiqligini yana bir bor tasdiqladi", — deyiladi hujjatda.