Suriya Markaziy banki, Syrian Airlines, Sytrol neft kompaniyasi, Tartus va Latakiya portlarini boshqaruvchi kompaniyalar, Suriya televideniyesi hamda Damashqdagi besh yulduzli mehmonxona AQSh sanksiyalari ro‘yxatidan chiqarildi.
Shuningdek, Suriyaning vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Sharaa va mamlakat ichki ishlar vaziri Anas Xattobga nisbatan ham cheklovlar olib tashlandi.
"Qo‘shma Shtatlar ilgari taqiqlangan ayrim operasiyalarni amalga oshirishga ruxsat berdi va tegishli lisenziya berdi. Mazkur lisenziya terrorizm, inson huquqlarining buzilishi, giyohvand moddalar savdosi, Bashar Asadning sobiq hukumati bilan bog‘liq tashkilotlar hamda Rossiya, Eron va KXDR manfaatlariga oid bitimlarga tatbiq etilmaydi", deya xabar qildi AQSh Moliya vazirligi.