Qo‘shma Shtatlar Ruminiyaga dastlabki to‘qqizta Amerika amfibiya hujum mashinalarini yetkazib berdi.
Bu haqda Ruminiyadagi AQSh elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Ruminiya qo‘shinlari endi yangi transport vositalarini boshqarishni o‘rganishni boshlamoqda va ular AQSh dengiz piyodalari korpusining mutaxassis maslahatchilari tomonidan o‘qitilmoqda.
"AQShning Ruminiyadagi elchisi Derril Nirenberg 307-dengiz piyodalari polkining muhim modernizasiya bosqichiga tayyorgarliklarini kuzatish uchun Tulche okrugidagi Babadag o‘quv poligoniga tashrif buyurdi", deb ta’kidladi diplomatik missiya.
AAV7A1 amfibiya hujum mashinalari 21 tagacha dengiz piyodalari va uskunalarini harbiy kemalardan dushman qirg‘oqlariga tashish uchun mo‘ljallangan. Amerikalik diplomat AQSh va Ruminiya o‘rtasidagi strategik sheriklikning mustahkamligini ta’kidladi.
2023 yil iyul oyida Pentagon AQSh Davlat departamenti Ruminiyaga 120,5 million dollarga 16 ta piyoda amfibiya hujum mashinalari va tegishli uskunalarni sotishni ma’qullaganini e’lon qildi.