Qo‘shma Shtatlar Minsk g‘ildirakli traktor zavodi (MZKT) va Xitoyning uchta korxonasiga raketa texnologiyasini Pokistonga o‘tkazgani uchun sanksiyalar kiritdi.
Davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan hujjatda aytilishicha, sanksiyalar joriy etilishiga Pokistonning ballistik raketalarni, shu jumladan uzoq masofaga uchuvchi raketalarni ishlab chiqish dasturi uchun raketalarda qo‘llanilgan mahsulotlarni ushbu kompaniyalar tomonidan uzatilgani sabab bo‘lgan.
TASS xabariga ko‘ra, MZKTdan tashqari, Xitoyda joylashgan Xi'an Longde Technology Development Company Limited, Tianjin Creative Source International Trade Co Ltd va Granpect Co. Ltd korxonasi sanksiyaga uchragan.