Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Quruvchi tashkilotlar 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi

Quruvchi tashkilotlar 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, developerlar tomonidan ob’ektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi.

Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Ob’ekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.

“Yangi O‘zbekiston” massivi uchun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.

Bu uylarni pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlandi.

Hokimlarga bu massivlarga ko‘chib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda bog‘cha tashkil qilishni boshlash topshirildi.

Kiritildi: 16:25 23.01.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!