“Book World Egypt” nashri Qur’oni karimning dunyodagi eng nodir va qadimiy nusxalaridan birining suratlarini chop etdi.
“IQNA” saytining “TRT” telekanaliga tayanib xabar berishicha, Misr Milliy kutubxonasi va arxivida hijriy I asrning birinchi yarmiga (deyarli 1300 yil) tegishli bo‘lgan Hijoziy Qur’oni karim nusxasini qayta tiklash ishlari yakunlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qur’oni karimning ushbu nusxasi 32 sahifadan iborat bo‘lib, temir siyoh bilan yozilgan. 16 toq va 8 ta juft varaqdan iborat.