Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Qur’oni karimdagi mashhur shifo oyatlari

Qur’oni karimdagi mashhur shifo oyatlari

1.
وَيَشْفِ صُدُورَ قَوْمٍ مُّؤْمِنِينَ
(Alloh) mo‘’minlar jamoasining ko‘ngillariga shifo (huzur-halovat) bergay (Tavba surasi, 14-oyat).

2.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءتْكُم مَّوْعِظَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ
وَشِفَاء لِّمَا فِي الصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ
Ey insonlar! Rabbingizdan sizlarga bir nasihat, dillardagi narsalarga (yomon tuyg‘ular, shahvat, botil aqida, dard va qiynoqlarga) shifo hamda mo‘’minlarga (to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi) hidoyat va rahmat (bo‘lgan Qur’on) keldi (Yunus surasi, 57-oyat). 

3.
يَخْرُجُ مِن بُطُونِهَا شَرَابٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ
شِفَاء لِلنَّاسِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
Ularning (asalarilarning) qorinlaridan rango-rang bir ichimlik (asal sharbati) chiqadiki, u insonlar uchun shifo (manba’i)dir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun ibrat (va Allohning qudratiga ishorat) bordir (Nahl surasi, 69-oyat).

IZOH. Arining yoshiga, jinsiga va asal oladigan gul hamda mevalarining ta’miga ko‘ra asalarining qornidan oq, sariq, qoramtir va boshqa rangli asal sharbati chiqadi (Qozi Bayzoviy; Jalolayn). Oyati karimada «shifoun» lafzi nakra (majhul) bo‘lib kelgani uchun «Asal har turli kasallikka shifodir», deyilgan.

4.
وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاء وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ
Biz Qur’ondan mo‘’minlar uchun (ruhiy va badaniy kasalliklariga) shifo va rahmat bo‘ladigan narsalarni nozil qilurmiz (Isro surasi, 82-oyat).  

5.
وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ
Bemor bo‘lgan vaqtimda menga shifo berguvchi U (Alloh)dir (Shu’aro surasi, 80-oyat).

IZOH. Adab yuzasidan rahmat va yaxshilikni Allohga nisbat berib, dard va yomonlikni inson o‘ziga nasbat berishi – muqaddas Islom dinining eng go‘zal odoblaridandir. 

Masalan, Imom Muslim va boshqa ulug‘ muhaddislar keltirgan hadisi sharifda “(Allohim!) Xayr – yaxshilikning hammasi Sening qo‘lingdadir. Yomonlik Senga nisbat berilmas”. deyiladi. (Imom Muslim, “Musofirlar namozi” kitobi, 201-raqam). 

Bu oyatda ham hazrati Ibrohim alayhissalom dard va bemorlikni o‘zlariga nisbat berib, albatta, shifoni Allohga izofa qilganlar. 

قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ آمَنُوا هُدًى وَشِفَاء
(Ey Rasulim! Ularga) ayting: «U (Qur’on) iymon keltirganlar uchun hidoyat (to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi rahnamo) va shifodir (Fussilat surasi, 44-oyat).  

Mirzo KENJABEK

Manba: azon.uz

Kiritildi: 05:30 22.06.2020. O'qildi: 44765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!