Qurollangan erkak Shri-Lankaning shimoli-sharqidagi Manampitiya shahridagi cherkovga qarata o‘t ochgan.
Times of India nashrining xabar berishicha, otishma 18 aprel kuni kechqurun poytaxt Kolombodan 160 km shimoli-sharqda joylashgan Manampitiyadagi cherkovda sodir bo‘lgan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, otishma natijasida oynalar shikastlangan, jabrlanganlar yo‘q. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumga pastorga nisbatan shaxsiy adovati sabab bo‘lgan.
Hodisa butun mamlakat bo‘ylab cherkovlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilishi fonida, 2019 yil Pasxa yakshanbasida 279 kishi, jumladan, 45 nafar xorijlik halok bo‘lgan va 500 dan ortiq kishi jarohatlangan teraktlarning oltinchi yilligi arafasida sodir bo‘ldi.
Bu voqealardan so‘ng harbiylar va polisiya bayramlarda diniy obektlar oldida muntazam navbatchilik qiladi.