Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Qurilishda ulushdorlarni himoya qilishning muhim standarti - Eskrou tizimi qanday ishlaydi?

Qurilishda ulushdorlarni himoya qilishning muhim standarti - Eskrou tizimi qanday ishlaydi?

❓Nega eskrou tizimi kiritilmoqda?

❗️Bu tizimda ulushdorning pul mablag‘lari shartnoma tuzilgan paytda quruvchiga o‘tkazilmaydi. Ular vakolatli bankdagi maxsus eskrou-hisobvarag‘iga joylashtiriladi va butun qurilish davri davomida shu yerda saqlanadi. Quruvchi ushbu mablag‘larga faqat obekt ulushdorga foydalanishga topshirilgandan keyin ega bo‘ladi.

⚡️1 apreldan joriy qilingan Eskrou tizimi qanday farq qiladi?

Joriy yilning 1 aprelidan nomi o‘xshash, biroq mohiyatan boshqa instrument - tayyor ko‘chmas mulk va transport vositalari bo‘yicha eskrou-hisobvaraqlar ham keng muhokama qilinmoqda. U yerda mablag‘lar amalda shartnoma notarial rasmiylashtirilgan kunning o‘zida sotuvchiga o‘tkaziladi.

⚠️Ulushli qurilishda esa mablag‘lar muayyan muddat davomida - fuqaro o‘z kvartirasining kalitini olguniga qadar hisobvaraqda saqlanishi mumkin. Bu shunchaki hisob-kitob vositasi emas, balki butun investisiya davri davomida fuqarolarning mablag‘larini himoya qiluvchi tizimdir.

✔️ Urbanizasiya va uy-joy bozori milliy qo‘mitasi mutaxassisi eskrou tizimi kiritilishining ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!